Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Al-Qoida» yetakchisi asirga olindi
Foto: Al Arabiya
Liviya qurolli kuchlari «Al-Qoida» terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu Safyon bin Kamuni asirga olishdi. Bu haqda Al-Arabiya harbiy manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Ekstremist Derna shahridagi amaliyot vaqtida ushlangan. Ta'kidlanishicha, u rahbarlik qilgan guruhda o‘q-dorilar tugab qolgan, bu ularga qarshi hujum qilish uchun imkon berdi.
59 yoshli bin Kamu - «Al-Qoida»ning eng yuqori mansabli yetakchilaridan biri. U Liviyadan 1980-yillarda ketgan bo‘lib, Sudanda Osama bin Lodinning shaxsiy haydovchisi bo‘lgan. Uni AQSh harbiylari qo‘lga olishgan va Guantanamo qamoqxonasiga joylashtirishgan, 2007 yilda esa Liviyaga ekstraditsiya qilindi. Bu davlatda ham u qamoqda edi.
2011 yilda terrorchi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va Dernada ekstremistik guruhga asos solgandi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi
13:56 / 17.05.2025