Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Makedoniya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Afina va Skope o‘rtasida Makedoniyaning yangi nomi bo‘yicha imzolangan kelishuvni ma'qullab, tomonlarni uni ratifikatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda bosh kotib tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, BMT har ikki davlat sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
«Men Gretsiya va Makedoniya bosh vazirlari Aleksis Tsipras hamda Zoran Zayevga yakshanba kuni imzolangan tarixiy kelishuv uchun minnatdorlik bildiraman», - deya yozgan Guterresh.
Shuningdek, u har ikki mamlakat hukumatini imzolangan kelishuvga rioya qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya va Makedoniya tashqi ishlar vazirlari Nikos Kotzias hamda Nikola Dimitrov sobiq Yugoslaviya respublikasining yangi rasmiy nomi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoganliklari xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026