Gretsiya va Makedoniya taşqi işlar vazirlari Nikos Kotzias hamda Nikola Dimitrov sobiq Yugoslaviya respublikasining yangi rasmiy nomi töğrisidagi kelişuvni imzoladilar, deya xabar beradi Reuters.
Kelişuvni imzolaş marosimi 17 iyun kuni Gretsiya va Makedoniya çegarasidagi Prespes köli atrofidagi kurort hududda ikki davlat boş vazirlari iştirokida ötkazildi.
Kelişuvga köra, Şimoliy Makedoniya Respublikasi Bolqon davlatining yangi rasmiy nomi böladi. Şartnoma olti oy içida kuçga kirişi kutilmoqda, ammo uni avval har ikki davlat parlamentlari ratifikatsiya qilişi lozim. Bundan taşqari, nomni özgartiriş masalasi Makedoniyada ötkaziladigan referendumda tasdiqlanişi kerak.
Makedoniya nomini özgartiriş haqidagi bahs respublika 1991 yilda Yugoslaviya tarkibidan çiqqanidan söng kuzatilib kelindi. Gretsiya Makedoniya Respublikasining nomini tan olişdan boş tortdi, sababi qöşni davlat Gretsiyaning Makedoniya provinsiyasiga da'vo qilişi mumkin ekanidan xavfsiragan.
Makedoniya nom bilan boğliq nizo tufayli uzoq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi va NATOga kirişga da'vogarlik qiliş huquqiga ega bölmadi. Gretsiya bu mavzuda muzokaralarni doimo bloklab kelgan.












