07:49 / 18.06.2018
2867

BMT qochqinlar bo‘lgan kemalar qabul qilinishi kafolatlanishiga chaqirdi

Foto: Global Look Press/Michele Amoruso

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Valensiya portida O‘rta yer dengizida qutqarib qolingan muhojirlar bo‘lgan Aquarius kemasini qabul qilgan Ispaniyaga minnatdorlik bildirdi. Grandi kelgusida falokatga uchragan odamlarni qutqarish tamoyillarini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirdi.

“Biz ushbu og‘ir sinov unga aloqador barcha uchun yakunlangani uchun minnatdormiz”, deb aytgan Grandi va “bunday ko‘ngilsiz voqea hech qachon bo‘lishi kerak emas edi” deb qo‘shimcha qilgan. “Dengizda odamlarni qutqarish uni xavf ostiga qo‘yish uchun juda muhim tamoyildir va kemadagi odamlarni tushirish borasidagi har qanday qat'iyatsizlik nafaqat qochqinlar, balki dengizda og‘ir ahvolda qolgan barcha uchun jiddiy xavf soladi”, deb ta'kidlab o‘tgan oliy komissar.

Shu munosabat bilan BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot xizmati boshqarma “dengizda odamlarni qutqarishga taalluqli vaziyatlarda kemalardagi odamlarni qabul qilish kafolatlanishini” qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Bundan tashqari, qochqinlarni qabul qilish bilan birga ularni qabul qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi va bunda javobgarlik taqsimlanishi kerak. Bu barcha mas'uliyat qochqinlarni qabul qilgan davlatning zimmasiga tushishidan qochishga imkon beradi, ya'ni bunda qolgan davlatlar ham ko‘mak ko‘rsatishi lozim.

10 iyunda Italiya bortida O‘rta yer dengizida qutqarib olingan 629 muhojir bo‘lgan Aquarius kemasini qabul qilishdan bosh tortdi. Italiya kemaga Maltaga borishni taklif qilgan, biroq Maltada ham kema qabul qilinmagan. Shundan keyin Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches uning davlati kemani qabul qilishga tayyorligini ma'lum qilgan. Kema muhojirlar bilan birga 17 iyunda Valensiya portiga yetkazildi.

Top