Sport | 21:58 / 18.06.2018
14901
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Belgiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

G guruhida Belgiya va Panama bellashdi. Yevropaliklar o‘yinda katta tashabbusga ega bo‘ldilar. Ammo 1-bo‘limda hisob ochilmadi.

2-bo‘limda Dris Mertens chiroyli gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, Romelu Lukaku o‘zini ko‘rsatib, «dubl» sohibi bo‘ldi va Belgiyaning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.

JCh-2018, G guruhi
Belgiya – Panama 3:0 

18 iyun, Sochi, «Fisht» stadioni
Gollar: 1:0 – 47 Mertens, 2:0 – 69 Lukaku, 3:0 – 75 Lukaku. 
Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vittsel, Azar, Mertens (Azar, 83), Lukaku.
Panama – Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).
Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).

Mavzuga oid