Xitoyning «Şandun Lunen» klubi yarimhimoyaçisi Maruan Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
«12 yillik faoliyatdan söng, Belgiya terma jamoasini tark etişga qaror qildim. Bu men uçun oson bölmadi, ammo keyingi avlod uçun öz örnimni böşatib beriş vaqti kelganini anglamoqdaman.
Men 2007 yilda debyut qilib, 87ta öyinda vatanim şarafini himoya qildim. Hozirgi kunda Belgiya FIFA reytingida 1-örinda borayapti, bundan juda xursandman.
Barçaga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Jamoadoşlarimga esa muvaffaqiyat tilayman», — deb yozdi Fellayni.
31 yoşli futbolçi Belgiya terma jamoasi safida JÇ-2018 bronza medalini qölga kiritgan.








