Qatarda ötayotgan jahon çempionatida F guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. 

36 yillik tanaffusdan söng mundialga çiqqan Kanada kutilmaganda Belgiyaga jiddiy qarşilik körsatdi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi. KONKAKAF jamoasi raqib darvozasiga 21ta zarba berdi, Alfonso Devisning penaltidan bergan zarbasini esa Tibo Kurtua qaytardi.

Çempionlikka da’vogarlar qatorida tilga olingan Belgiya öz imkoniyatidan foydalandi va Mişi Batşuayining yagona goli evaziga ğalaba qozondi.

Ma’lumot uçun, Xorvatiya va Marokaş örtasidagi guruhning birinçi öyinida hisob oçilmagandi. 

JÇ-2022. 1-tur. F guruhi
Belgiya — Kanada 1:0
23 noyabr, «Ahmad bin Ali»
Gol: Batşuayi (44).
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Devis (11).
Belgiya – Kurtua, Kastan, Vertongen, Alderveyreld, Dendonker, Karrasko (Mene, 46), Vitsel, de Bryuyne, Tilemans (Onana, 46), Azar (Trossard, 62), Batşuayi (Openda, 78). 
Kanada – Boryan, Lareyya (Adekugbe, 74), Vitoriya, Miller, Jonston, Hatçinson (Kone, 58), Euştakiu (Osorio, 81), Hoylett (Larin, 58), Devid, Byukenen (Millar, 81), Devis.
Ogohlantirişlar: Karrasko (9), Mene (53), Onana (56), Devis (81), Jonston (83).