02:44 / 19.06.2018
6094

Rasman. "Atletiko" Grizmann bilan shartnomani uzaytirdi

Foto: Atletiko Madrid

"Atletiko Madrid" o‘zining rasmiy saytida hujumchi Antuan Grizmann va himoyachi Luka Ernandes bilan shartnomani uzaytirganini, shuningdek, jamoaga "Monako"dan kelgan Toma Lemar bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi. 

Grizmann bilan shartnoma 2023 yilgacha, Ernandes bilan esa 2024 yilgacha uzaytirilgan. Lemar shartnoma imzoladi, biroq hali tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak va shundan so‘ng "Atletiko" "Monako" bilan shartnomani yopadi. 

Top