O‘zbekistonda tramvay ishlab chiqarilishi mumkin
Chexiyaning “Pragoimpeks” kompaniyasi bosh direktori Vladimir Faltesik boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro hamrohligida Samarqandga keldi, deb yozyapti “Xalq so‘zi”.
Mehmonlar “Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish direksiyasi” davlat korxonasi rahbari Fayzullo Murtazoyev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida 42 ta yangi tramvay xarid qilish, Chexiyadagi tramvay zavodi bazasi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, chex mutaxassislari yordamida markaziy dispetcherlik punkti yaratiladi, bekatlar esa yo‘lovchilarga tramvaylar harakatlanishi jadvali haqida ma'lumot beradigan monitorlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, yaqin orada yo‘lovchilarga bepul Wi-Fi’dan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
"Bitta yangi tramvay 1 million dollar turadi. Shu sababli bizga ularni xarid qilishdan bu yerda yig‘ish foydaliroq. Kompaniya rahbariyati bilan Toshkent yo‘lovchi vagonlar qurilishi va ta'miri zavodi bazasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartlarini muhokama qildik. Mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha olib chiqishni mo‘ljallaganmiz", — ta'kidladi Fayzullo Murtazoyev.
Mutasaddilarga ko‘ra, yaqin orada Toshkentdagi barcha tramvay vagonlari Samarqandga keltiriladi. Ularning bir qismi ta'mirlanadi, bunga yaramaganlari esa ehtiyot qism o‘rnida ishlatiladi.
Mavzuga oid
15:30 / 24.10.2024
Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
16:00 / 18.10.2024
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dorilarni sotib olishni davom ettiradi
13:52 / 02.10.2024
Skoda o‘zining birinchi ixcham elektrokrossoveri - Elroq’ni taqdim etdi
20:48 / 17.09.2024