Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kemalari Kaliningradga yaqinlashsa, nima yuz berishi aytildi
National Interest nashri mualliflari xulosasiga ko‘ra, AQShning «Nimits» va «Ford» toifasidagi aviatashuvchilari Boltiqbo‘yi dengizida jangovar vazifalarni bajarish uchun juda kattadir. Ular Kaliningradga yaqinlashadigan bo‘lsa, jang sharoitida mag‘lub bo‘lishi ehtimoli bor.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika aviatashuvchilari Yevropa harbiy harakatlar teatrida ma'lum bir cheklovlarga ega. Ular uchun eng katta xavf qirg‘oqda hamda dengizda joylashtirilgan qayiqlarga qarshi qanotli raketalar tomonidan kelishi mumkin.
Shuningdek, Amerika kemalariga Rossiyaning P-800 «Oniks» kemalarga qarshi raketalari ham tahdid uyg‘otadi. Ular Kaliningrad oblasti qirg‘oqlaridan Shvetsiya sohillariga qadar bo‘lgan masofada istalgan obektga aniq zarba berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ko‘p martalik kosmik raketa loyihasini ishlab chiqish yakunlanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026