Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi qonunbuzar tadbirkorlik sub'yektlarini aniqladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib, sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini aniqlash maqsadida, nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu yilning 7-14 iyun kunlari respublika hududlarida o‘tkazilgan tadbirlar davomida tadbirkorlik sub'yektlariga qarashli bo‘lgan 407 ta savdo shoxobchasida qonunga zid ravishda mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi.
Xususan, Germaniya, Chexiya, Fransiya, Shotlandiya, Shvetsiya, Italiya, Gollandiya, Meksika, Rossiya, Qozog‘iston hamda Tojikiston davlatlarida ishlab chiqarilgan, noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kelingan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 333,3 mln. so‘mlik alkogol hamda
177,9 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlari sotilayotganligi, 220,8 mln. so‘mga nazorat-kassa mashinasidan xarid chekini bermaslik, 175,7 mln. so‘m miqdoridagi kunlik naqd savdo pullarni yashirish holatlari aniqlandi va chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tadbirlar davomida 523 nafar fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirilgan umumiy qiymati 1,2 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklari: qurilish mollari (oshxona, hammom anjomlari), oziq va nooziq-ovqat (shakar, salqin ichimliklar, tovuq go‘shti, kir yuvish vositalari, DVD disklar, kiyim-kechak, poyafzal) mahsulotlari hamda iste'mol (tamaki, alkogol) tovarlari bilan savdo qilish holatlari aniqlandi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tadbirlarda 455ta oziq va nooziq-ovqat, o‘simlik yog‘i hamda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish sexlari davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi ma'lum bo‘ldi.
Profilaktik tadbirlar davomida 334ta yashirin sexlar va 2679ta yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanma ishchi sifatida xizmat qilayotgan 2026 nafar jismoniy shaxslar faoliyati qonuniylashtirilib, 5537 nafar norasmiy ravishda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ishlayotgan fuqarolar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:03 / 27.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:35 / 07.01.2026
Tadbirkorlarga soliq hisobotini vaqtida topshirmaganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
08:27 / 03.01.2026
Xitoyda oila siyosatida o‘zgarish: ayrim mahsulotlar uchun soliq qayta tiklandi
18:12 / 01.01.2026