Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Adam Smitning ishlarini umuman o‘qimagani taxmin qilindi
Yevrokomissiyaning savdo masalalari bo‘yicha bosh direktori Jan-Lyuk Demarti Yevroparlamentda AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
«Bu shunday ko‘rinmoqdaki, xuddi na AQSh prezidenti Donald Tramp, na savdo vaziri Uilbur Ross Adam Smit, Devid Rikardoni hech qachon o‘qimagandek tasavvur paydo bo‘ldi. Ular bu shaxslarni hattoki tanimaydi ham», - deya ma'lum qildi Demarti.
Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard AQShga nisbatan javob choralari tufayli fond biroz kuchsiz salbiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri effektini kutayotgani haqida xabar bergandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi savdo sohasidagi vaziyat tufayli Yevropadan sarmoyalar qisqarib borayotganiga guvoh bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga yana 200 mlrd dollarlik bojlar joriy etish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026