AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga yana 200 mlrd dollarlik bojlar joriy etiş bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotga asosan xabar bermoqda.
Trampning ma'lum qilişiça, AQŞ savdo vakilidan bojlar joriy etiladigan mahsulotlar röyxatini tuzib çiqiş haqida söragan.
«Yuridik jarayon tugaganidan söng, bu bojlar kuçga kiradi. Xitoy öz amaliyotini özgartirişdan boş tortsa, yangi tariflarni ilgari suriş böyiça pozitsiyasini özgartirmasa, bu röy beradi», - deyiladi bayonot matnida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp har doim savdo uruşini xohlagani ma'lum qilingandi.












