Jahon | 23:20 / 20.06.2018
2269
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida qirolicha bilan uchrashadi

Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh elchisiga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali ma'lum qildi

Telekanalning ma'lum qilishicha, Tramp qirolicha bilan Vindzor qasrida 13 iyulda uchrashishi taxmin qilinmoqda.  

“Hazrati Oliyalari bilan uchrashuv eng muhimi hisoblanadi, chunki u davlat rahbari”, deb aytgan AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vud Jonson.

Tramp o‘z tashrifi davomida, shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid