O‘zbekiston | 15:16 / 20.06.2018
3968
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar keskin ko‘payadi

O‘zbekiston va Qozog‘istonning aviatsiya ma'murlari mamlakatlar yirik shaharlari o‘rtasida parvozlar sonini sezilarli darajada oshirishga kelishib oldilar. Ushbu kelishuvlarga yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishildi.

Foto: Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi

Muzokaralar yakunida Ostona-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar sonini haftasiga 4tadan 6taga, Olmaota-Toshkent yo‘nalishida esa har bir tomon uchun haftada 7tadan 10tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi. Umuman olganda, ikkala davlatning belgilangan aviakompaniyalari davlatlar o‘rtasida haftada 32 marotaba qatnovni amalga oshira oladi.

Shuningdek, ikki mamlakatning milliy aviakompaniyalari o‘zaro manfaatli shartlar asosida "kod-sher" to‘g‘risidagi tijorat bitimini imzolash bo‘yicha kelishib oldilar. 

Foto: Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi
Foto: Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid