Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa taraqqiyot banki O‘zbekiston banklaridan biriga sindikatli kredit ajratadi

YeTTB rasmiy saytida e'lon qilingan qarorda qayd etilishicha, «Ipak Yo‘li» banki O‘zbekistonda «Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki»ning birinchi sindikatli kreditini ajratishi mumkin.
Agar rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilsa, YeTTB O‘zbekistonda ilk bor bunday kredit ajratishni boshlaydi. Ushbu ma'lumot, shuningdek, bank vakillari tomonidan ham tasdiqlandi.
Taxminlarga ko‘ra, kreditning umumiy qiymati 20 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu kredit texnik hamkorlik jamg‘armalari bilan birgalikda ajratiladi. Bunday kreditlar esa banklarga o‘z moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarni kreditlashni oshirish imkonini beradi.
Bundan avval «Ipak Yo‘li» banki kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 38 million dollarlik sinditsirlangan kredit tizimini jalb etgan edi.
Mavzuga oid
13:15 / 14.10.2025
Saida Mirziyoyeva YeTTB prezidenti bilan uchrashdi
14:00 / 04.10.2025
O‘zbekiston YeTTBdan 1,1 mlrd yevro jalb qilishni rejalashtirgan
17:29 / 25.09.2025
2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7 foizga o‘sishi kutilmoqda - YeTTB
16:09 / 11.06.2025