Fan-texnika | 19:29 / 21.06.2018
4698
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook guruhlarga pullik obunani yo‘lga qo‘ydi

Foto: dreamstime

Facebook ijtimoiy tarmog‘i guruh administratorlariga kontentga to‘lov kiritish imkonini beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Hozircha foydalanuvchilardan pul yig‘ish imkoni bir necha guruhdagina yo‘lga qo‘yilgan, lekin kelgusida bu tajriba doirasi kengaytirilishi mumkin, deyiladi ijtimoiy tarmoq ma'muriyati blogi xabarida.

Guruhlar uchun mahsulotlar bo‘yicha direktor Aleks Divning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda pul vositalarini jalb qilish uchun hamjamiyatlarning ba'zi administratorlari tashqi jihozlar yordamida kirishga pul yig‘ib, ochiq guruhlar bilan parallel ravishda yopiq guruhlarni ham yuritishga majburlar. Endi Facebook ma'muriyati obuna monetizatsiyasi usullarini ijtimoiy tarmoqning o‘ziga integratsiya qilishga qaror qildi. 

The Business Insider'da yozilishicha, hozir obuna bahosi - 30 dollar atrofida. Masalan, Declutter My Home hamjamiyatida to‘lovli obuna kiritilgan, guruh  mualliflari uyni ozoda saqlash usullari va turli maishiy yechimlar haqida so‘z yurtishadi. Kontentga kirish bahosi oyiga 14,99 dollarni tashkil qiladi. Oyiga 9,99 dollar to‘lanuvchi Recipes & Meal Planning guruhi obunachilar uchun taomlar retsepti, ularni tayyorlash va do‘kondagi xaridlarga doir tavsiyalar berib boriladi. Bugunga kelib eng qimmat hamjamiyat kollejlarga kirishga doir Grown and Flown Parents guruhidir. 

Facebook'ning o‘zi guruh administratorlaridan ulush undirmaydi, barcha daromadlarni kontent mualliflariga qoldiradi. Foydalanuvchilardan maxsus ilova yordamida pul yig‘ish mumkin.

Mavzuga oid