Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Chernogoriya hududidagi SSSR qurolini yo‘q qilmoqchi
NATO Chernogoriyani «qurolsizlantirish» va uning hududida bo‘lgan SSSR davridagi qurol-yarog‘larni yo‘q qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RT alyans tenderiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, gap SSSRda ishlab chiqarilgan dengiz minalari, kemalarga qarshi raketalar jangovar kallaklari va kemalarga qarshi torpedolar haqida ketmoqda. Ularni mamlakat hududidan tashqariga olib chiqish va yo‘q qilish mo‘ljallangan.
«Pudratchiga Chernogoriyadagi tegishli omborlardan qurol-yarog‘ zaxiralarini olib chiqish va ularni o‘ziga tegishli bo‘lgan, qurolsizlantirishga mo‘ljallangan obektga xavfsiz ko‘chirish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan», - deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, ijrochi kompaniya qurol olib o‘tish jarayonida yo‘qolmasligiga oid kafolatlar berishi lozim.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
08:30 / 08.06.2026
SSSRdan SpaceX'gacha: 68 yillik kosmik poyga qanday o‘zgardi?
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
10:18 / 25.05.2026