Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaroni bank oldida 50 mln so‘mga chuv tushirib ketishdi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 20 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 7 dekabr kuni Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.S. ismli ayol va Uchtepa tumanida yashovchi muqaddam sudlangan L.A. “Mikrokreditbank” binosi oldida Yakkasaroy tumanida yashovchi M.I. ismli ayolga 50 mln. so‘m pulini plastik karta rasmiylashtirib, unga 60 mln. so‘m miqdorda tushirib berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida N.S. va L.A. ushlanganlar.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026