Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Trampning uchrashuv sanasi e'lon qilindi
Foto: RIA Novosti
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp 15 iyul kuni Venada uchrashishi kutilmoqda. Avstriyaning yirik Kronen Zeitung gazetasida shu haqida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, bir necha kun ilgari rossiyalik va amerikalik diplomatlar uchrashuv tafsilotlariga oydinlik kiritish maqsadida Venaga tashrif buyurishgan. Bundan tashqari, Avstriya poytaxtiga xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar guruhi ham tashrif buyurmoqda.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml hozircha Putin va Tramp uchrashuviga doir ma'lumotlarni taqdim etishga tayyor emasligini qayd etgan. "Tayyor bo‘lishi bilan xabar beramiz", - deya ishontirdi u.
15 iyul kuni Moskvada futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. U yerda Rossiya davlat rahbari qatnashadimi yoki yo‘q, noma'lum.
Yaqin kunlarda Moskvaga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton tashrif buyurishi kerak. Putinning u bilan uchrashish yo uchrashmasligi, hozircha noma'lum. Biroq davlat kotibi Mayk Pompeoning taxminicha, ushbu tashrifdan keyin RF va AQSh yetakchilari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkin.
Vladimir Putin va Donald Tramp 2017 yilning iyulida Gamburgdagi "Katta yigirmatalik" sammitida uchrashishgan. O‘shanda ikki mamlakat yetakchilari muzokaralari ikki soatdan ortiq davom etgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.04.2026
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
17:52 / 10.04.2026
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55 / 10.04.2026
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
09:10 / 09.04.2026