Jahon | 23:29 / 24.06.2018
5115
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi saylovlar: dastlabki natijalar e'lon qilindi

Foto: Reuters

Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda. "Anadolu" agentligi ovoz berishning dastlabki natijalariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, amaldagi prezident 59 foiz ovozga ega bo‘lgan, uning eng yaqin raqibi Maharram Injye 27 foiz ovozni qo‘lga kiritgan. Uchinchi o‘rinda sobiq IIV rahbari Meral Akshener 7,5 foiz ovoz bilan qayd etilgan. 

Keyingi o‘rinlarda Salohiddin Demirtosh (5,9 foiz), Temel Karamolla o‘g‘li (0,9 foiz) va Dog‘u Perinchek (0,19 foiz) nomlari keltirilgan. 

Shuningdek, Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi bugun Turkiyada bo‘lib o‘tgan muddatidan avvalgi parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid