Jahon | 19:14 / 24.06.2018
3554
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi saylovlar vaqtida muammolar qayd etilmadi

Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlarida hech qanday muammolar qayd etilmadi. "Anadolu" mamlakat IIVning 24 iyun holatiga ko‘ra bergan ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Turkiyadagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da ochildi. 

Saylovlar kunida Turkiyadagi tartibni ta'minlashda 531 mingdan ziyod xavfsizlik kuchlari, jumladan 264 526 politsiyachi va 195 695 nafar jandarmeriya xodimlari ishtirok etishmoqda. 

24 iyun kuni Turkiya ham prezident, ham 27-chaqiriq parlamentini saylamoqda. Muddatidan avvalgi saylovlarda umumiy hisobda 56 322 632 saylovchi ovoz bermoqda. Xorijiy mamlakatlardagi Turkiya fuqarolari 7-19 iyun kunlari saylovlarda ovoz berishgan.

Turkiya prezidentligiga nomzodlar - "Xalq alyansi" nomzodi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Respublika xalq partiyasi nomzodi Muharram Injye va Xalqarlar demokratik partiyasining tutqunlikdagi nomzodi Salohiddin Demirtosh. 

Parlament saylovlarida Adolat va taraqqiyot partiyasi, CHP, HDP, HÜDAPAR, İYİ Parti, MHP, Saadet Partisi va Vatan Partisi nomzodlari ishtirok etishmoqda. 

Adolat va taraqqiyot partiyasi va MNR saylovlarda "Xalq alyansi" tarkibida ishtirok etishmoqda, İYİ Parti, CHP va Saadet Partisi esa - "Millat alyansi" tarkibida. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid