Jahon | 19:29 / 25.06.2018
3989
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook'da qancha vaqt o‘tkazganingizni ko‘rsatuvchi funksiya ishga tushdi

Foto: getty images

Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda qancha vaqt o‘tkazganlari haqida ma'lumot olish imkoniga ega bo‘lishdi. Eng yirik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar lentani ko‘zdan kechirishga qancha vaqt ajratishganini kuzatish imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi funksiya Your Time on Facebook (Sizning "Feysbuk"dagi vaqtingiz) deb ataladi va ilovada paydo bo‘ladi, deb yoziladi Android Authority'da. 

Facebook ilovasining Android'dagi so‘nggi versiyasida paydo bo‘lgan yangi funksiyaga dasturchi Jyeyn Manchun Vong e'tibor qaratdi. Foydalanuvchi Your Time on Facebook yordamida ilovada qancha vaqt o‘tkazganini va kunlik, oylik hamda yillik statistika bilan tanishishi mumkin. Facebook'da mazkur funksiya sinovlari haqidagi ma'lumot tasdiqlandi. Ta'kidlash joizki, joriy yil boshida Facebook rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar o‘z vaqtlarini yaxshiroq o‘tkazishlari ustida ishlayotgani haqida ma'lum qilgan edi. 

Ta'kidlash joizki, may oyida Instagram'da ham shunday funksiya ko‘ringan edi. Facebook Instagram'ni boshqarishini inobatga oladigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan vaqtni kuzatish imkoni Facebook'da ham yo‘lga qo‘yilishi ajablanarli emas. Shuni yodga solish lozimki, vaqtni nazorat qilish funksiyasi iOS 12'da paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid