22:32 / 26.06.2018
13619

Neftga boy davlatlardan biri dunyoning eng nochor davlatiga aylandi

Foto: Reuters

Neftga boy davlat hisoblanuvchi Nigeriya nochor davlatlar reytingida Hindistondan o‘tib ketdi. Bu haqda CNN Bruking institutining an'anaviy tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi. Institut ma'lumotlariga ko‘ra, Nigeriyada kunlik daromadi 1,9 dollardan kamroqni tashkil qiluvchi 87 mln nochor odam yashaydi. Bu esa mamlakat aholisining 44,4 foizini tashkil qiladi.  

Nigeriyada tendensiya salbiy bo‘lib qolishi – yil oxirigacha mamlakatda yana 3,2 mln nochor kishi ko‘payishi taxmin qilinmoqda. Nigeriya Afrikadagi bosh neft qazib oluvchi davlatligiga qaramasdan, shunga mos turmush tarzini ta'minlay olmayapti. Bundan tashqari, neft narxining pasayishi mamlakat va uning aholisi turmush tarziga yanada og‘irroq zarba bo‘lgan.  

Biroq Hindistonda buning aksi kuzatilmoqda. Hozirda 71,5 mln hind nochorlikda yashamoqda. Bu ko‘rsatkich Hindiston aholisining 5,3 foizini tashkil qiladi. Reytingning 3-o‘rnini Kongo egallamoqda, bu davlatda 63 mlndan ko‘proq kishi nochorlikda yashamoqda.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, nochorlik darajasi o‘sayotgan 18 ta davlatdan 14 tasi Afrikada joylashgan. Institut prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib “qora qit'a”da sayyoramizning barcha nochor odamlarining 90 foizi kun kechiradi. 

Afrikaga kirmaydigan davlatlardan Indoneziya va Bangladesh nochor aholisi ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu davlatlar aholisining mos ravishda 14,2 va 17 mln fuqarosi nochorlikda kun kechiradi. 

Top