01:25 / 26.06.2018
11553

JCh-2018. Ispaniya Marokash bilan durang o‘ynab, guruhdan 1-o‘rin bilan chiqdi

Jahon chempionati B guruhining so‘nggi turidan o‘rin olgan Ispaniya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Ravshan Ermatov boshqargan o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Ispaniya safida Isko hamda Aspas o‘z hisobiga 1tdan gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Marokash terma jamoasining gollari Butaib hamda En-Nesiri tomonidan kiritildi. 

Ispaniya terma jamoasi pley-offga 1-o‘rinni egallagan holda chiqdi va 1/8 finalida Rossiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 1 ochko to‘plagan Marokash terma jamoasi esa musobaqani tark etdi. 

JCh-2018. V guruhi

Ispaniya - Marokash - 2:2 (1:1)

Gollar: Butaib, 14 (0:1). Isko, 19 (1:1). En-Nesiri, 81 (1:2). Aspas, 90+3 (2:2).

Ispaniya: de Xea, Karvaxal, Pike, Serxio Ramos, Jordi Alba, Silva (Rodrigo, 84), Buskets, Tiagu Alkantara (Asensio, 74), Isko, Inesta, Diyegu Kosta (Aspas, 74).

Marokash: Munir, Dirar, Da Koshta, Saiss, Xakimi, N.Amrabat, El-Axmadi, Bussufa, Belanda (Fajr, 63), Ziyex (Buadduz, 85), Butaib (En-Nesiri, 72).
Ogohlantirishlar: El-Axmadi, 22. N.Amrabat, 29. Da Koshta, 31. Bussufa, 31. Ziyex, 85. Munir, 88. Xakimi, 90+3.
Hakamlar: Ermatov, Rasulov, Saidov (Barchasi O‘zbekistondan).

Mavzuga oid
Top