Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Jidda-Toshkent reysi yo‘lga qo‘yiladi
Haftasiga bir marta Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
26 iyun kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK direksiyasida aviakompaniya va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda shuningdek ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha bevosita sayyohlarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar ham ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish konsepsiyasi, bu masalada milliy aviatashuvchining roli, shuningdek Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoni muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, MAK tomonidan 2018-2019 qishki navigatsiya davrida haftasiga bir marta Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Reyslar Boeing 767 hamda 787Dreamliner avialaynerlarida amalga oshiriladi.
Reyslarni amalga oshirishni boshlash sanasi va parvozlar jadvali haqida qo‘shimcha xabar beriladi, deyiladi manbada.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026