O‘zbekiston | 11:07 / 28.06.2018
5906
5 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qanday talablar qo‘yiladi?

Foto: Sputnik

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida «Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Ichki ishlar vazirligi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.

Mazkur joylar to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy)ni tashkil etishi lozim.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obektlari atrofida vaqtinchalik to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.

Ushbu joylarga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga 1-ilovaga muvofiq, “5.15. To‘xtab turish joyi” va “7.17. Nogironlar” yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan “Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar – nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) – 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda foydalanishi mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari namunaviy chizma asosida jihozlanadi.

Ko‘p qavatli avtotransport vositalari to‘xtash joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun joylar 1-qavatda yoki liftga yaqin joylarda ajratilishi kerak.

Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylariga ko‘k fonda 2x2 o‘lchamli sariq chiziqli nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasining to‘xtab turish joyini bildiruvchi 1.24 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joyi” yotiq chizig‘i chiziladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasi uchun ajratiladigan joylarga chiziladigan yotiq chiziq, o‘rnatiladigan yo‘l belgilarining o‘lchamlari yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini qo‘llashni belgilovchi normativ hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining o‘lchamlari avtomobil harakat yo‘nalishiga burchak ostida qo‘yilganda eni 3,5 metr, uzunligi 5 metr, harakat yo‘nalishiga parallel qo‘yilganda eni 2,5 metr, uzunligi 7,5 metr bo‘lishi lozim.

Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratilgan joylarga chizilgan yotiq chiziqlar haydovchiga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi zarur.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan joylarni jihozlash ishlari avtoturargohga yoki avtomobil yo‘liga egalik qiluvchi sub'yekt tomonidan amalga oshiriladi va ular tomonidan o‘rnatilgan yo‘l belgilari hamda yo‘l yotiq chiziqlarining soz holatda va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lishi ta'minlanishi lozim.

Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obektlari (sog‘liqni saqlash muassasalari, sport sog‘lomlashtirish majmualari, ijtimoiy obekt va boshqalar) atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.

Ushbu joylar namunaviy chizma asosida jihozlanadi.

Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obektlari atrofidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari mazkur Tartibning 8-bandiga muvofiq o‘lchamlarda bo‘lishi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid