Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: KXDR hali ham yadroviy tahdid uyg‘otmoqda
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya hamon yadroviy tahdidni saqlab qolyapti. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, Pompeo bunday bayonoti AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda yozgan so‘zlariga zid keladi. U KXDR yadro tahdidi endi yo‘qligi haqida bildirgandi.
Davlat kotibi Qo‘shma Shtatlar senatining mablag‘ ajratish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishida chiqish qilib, Tramp AQSh Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidni «kamaytirgani» haqida aytishga chog‘langani, biroq KXDR endi tahdid uyg‘otmayotgani haqida yozganini bildirdi.
«Ishonchim komilki, u - biz tahdidni kamaytirganimizni nazarda tutgan. Bunga kimdir shubha qilyapti, deb o‘ylamayman», - deya ta'kidlab o‘tdi Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya avtoyo‘llarni birlashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026