KXDR va Janubiy Koreya hukumatlari Seul va Pxenyan örtasida avtomobil yöllarini birlaştiriş böyiça muzokaralarga kirişdi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar qilmoqda.

Avtoyöllarning birlaşişi Seuldan Pxenyanga maşinada heç qanday tösiqlarsiz boriş imkonini yaratadi.

Xabar qilinişiça, bu masala yarim soat davomida muhokama qilingan. Janubiy Koreya delegatsiyasiga transport vaziri örinbosari, KXDRga esa - yer va atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri örinbosari boşçilik qildi. Ta'kidlanişiça, muzokaralar amaliy xarakterga ega bölgan.

Pxenyan va Seul örtasida yagona avtoyölni barpo etiş böyiça rejalar 2015 yilda ham muhokama etilgan, biroq öşanda muzokaralar Şimoliy Koreya tomonidan 2016 yilda ötkazilgan törtinçi yadroviy sinov tufayli töxtatilgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreyada Amerikaga qarşi tarğibot töxtatilgandi.