10:02 / 28.06.2018
16877

Ramzon Qodirov korrupsiyaga qarshi kurashishning o‘z usulini ma'lum qildi

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Kassin

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov korrupsiya jinoyati bilan ushlangan amaldorni jazolashning eng yaxshi usuli uning bor-budini musodara qilish hisoblanishini aytdi. 

Qodirovning fikricha, gubernatorlar, tuman rahbarlari, amaldorlarning hibsga olinishi sud bilan tugaydi, biroq bu amaldorlar jazoni o‘tagach, ozodlikka chiqib yana boy odam bo‘lib qolaveradi.

“Shu sababli bizda o‘zgacha strategiya amal qiladi: agar odam xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsak, undan pulini tortib olib, ijtimoiy obekt, yo‘l quramiz yoki odamlarga yordam beramiz. Fikrimcha, agar odam o‘g‘irlagan bo‘lsa, undan barcha narsasini olib qo‘yish lozim”, deb aytgan Qodirov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

Qodirovning fikricha, agar “rahbar istasa, biror odam bir tiyin o‘g‘irlamaydi. G‘araz niyatli odamlar qayerdadir nimanidir o‘ylab topishi mumkin, biroq rahbar kunu-tun ishlasa buni amalga oshira olmaydi”. 

Qodirov bu choralarning samarasi haqidagi savolga esa “Bu juda yaxshi ta'sir qiladi”, deb javob qilgan.

Top