Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Kreml uchun sinovni aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassga BMT tinchlikparvarlari kiritilishi masalasini Kreml uchun sinov, deb atadi.
"Tinchlikni tiklash uchun muhim vazifa - egallab olingan Donbassda BMT mandati ostida ko‘p millatli tinchlikparvarlik missiyasini joylashtirish. Boshqa, yanada samarali yo‘l, hozircha yo‘q. Donbassdagi missiya bo‘yicha taklif - bu ham tinchlikka yo‘l, ham Kreml samimiy niyatda ekanini aniqlash bo‘yicha sinov. Agar Moskva tinchlikni xohlasa, unda bu ular uchun yaxshi imkoniyat", - deya yozgan Poroshenko Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga BMT tinchlikparvarlarini yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi, biroq gap faqat YeXHT xodimlari xavfsizligini ta'minlash funksiyasi haqida ketishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Ukrainani qachon hurmat qila boshlashi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026