Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yadro bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari boshqariluvchi B61-12 yadro bombasining ilk sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda Military.com portali ma'lum qildi.
Sinov vaqtida B-2 Spirit bombardimonchi samolyotlari qo‘llangan.
“Bu sinovlar B61-12 konstruksiyasi tizim talablariga javob berishini ko‘rsatadi”, deb aytgan AQSh energetika vazirligining yadroviy xavfsizlikni boshqarish milliy ma'muriyati xodimi Maykl Lyutton.
Sinovlar 9 iyunda Nevada shtatidagi harbiy poligonda Edvards aviabazasining 419-sinov eskadrilyasi boshqaruvida o‘tgan.
AQSh ushbu bombani Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi harbiy bazalarida joylashtirmoqchi.
B61-12’ning ilk partiyasi qurollanishga 2020 yilda olinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:53
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50