Toshkent markazida ixtiyoriy tarzda bajarilgan obodonlashtirish
Toshkent shahridagi Mustaqillik va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l chetlarida ajoyib ko‘rinish paydo bo‘ldi.
Unda landshaft dizayni imkoniyatlaridan foydalangan holda obodonlashtirilgan maydon, “Vatanim O‘zbekiston” yozuvini esa gullar va maxsus tabloda aks ettirilganini ko‘rish mumkin.
E'tiborimizni tortgan manzarani yanada yaxshiroq o‘rganish maqsadida ushbu hududda to‘xtadik va holatning asl mohiyatini o‘rgandik.
Ma'lum bo‘lishicha, obodonlashtirilgan hudud yaqinidagi binoda joylashgan “Bag‘dod karvon” MChJ xodimlari o‘zlarining tashabbusi bilan ushbu g‘oyani o‘ylab chiqishgan va qarovsiz yer obodonlashtirilgan.
Biz suratlarda hududning avvalgi va obodonlashtirilgandan keyingi ko‘rinishiga guvoh bo‘ldik. Quvonarlisi, MChJ xodimlarining shaxsiy tashabbusi bilan qarovsiz qolgan hudud hozirda ko‘rkam ko‘rinish olgan.
Tabloda va gullar orqali aks etgan “Vatanim O‘zbekiston” yozuvi esa poytaxt aholisi va poytaxtimiz mehmonlariga ajoyib selfi maydoni vazifasini ham bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar xokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yilning 13 iyun kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Tadbirkorlar obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilmaydi, bu ularning o‘zlariga havola”, deb aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024