Jahon | 20:28 / 03.07.2018
3628
2 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriya va Albaniya NATO aviatsiyasini mamlakat hududiga to‘siqsiz kiritish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

© AP Photo / Risto Bozovic

Chernogoriya mudofaa vaziri Predrag Boshkovich va uning albaniyalik hamkasbi Olta Jachka NATO havo hududini himoya qilish missiyasi doirasida hamkorlik haqidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Mazkur bitim Chernogoriya havo hududini himoya qilish missiyasini bajarayotgan Gretsiya va Italiya qurolli kuchlari samolyotlariga Chernogoriya va Albaniya chegarasidan hech qanday to‘sqinliksiz o‘tishlariga imkon beradi. Bu orqali grek va italyan aviatsiyasining missiyani bajarishi sezilarli ravishda osonlashadi», — deyiladi Chernogoriya mudofaa vazirligi xabarida.

Italiya va Gretsiya HHK samolyotlari Shimoliy alyansning havo hujumi va raketaga qarshi mudofaa integratsiyalashgan tizimi dasturi (NATO Integrated Air and Missile Defence System — NATINAMDS — tahr.) doirasida 5 iyun kuni Chernogoriya havo hududini muntazam ravishda qo‘riqlashga o‘tishdi.

Chernogoriya 2017 yil iyunida NATOning rasman 29-a'zosiga aylangan. Albaniya Shimoliy Atlantika alyansiga 2009 yil aprelda a'zo bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid