Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arbda Trampni Putin bilan yakka qoldirishdan cho‘chishmoqda
G‘arb davlatlari amaldorlari AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakkama-yakka qolib, Qrimni Rossiyaniki deb tan olishidan xavotirlanishmoqda. Bu haqda The Times nashri ma'lum qildi.
Avvalroq Tramp Putin bilan yakkama-yakka gaplashish istagini bildirgandi.
AQShning Yevropadagi hamkorlarini Trampning Qrimni Rossiyaniki deb tan olishidan tashqari, uning Germaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘lishi mumkinligi ham tashvishlantirmoqda.
“Tramp Putin bilan bir xonada yolg‘iz qolib qanday qaror qabul qilishini hech kim bilmaydi”, deb aytgan Tramp atrofidagi manbalardan biri.
Tramp va Putinning uchrashuvi 16 iyulda Xelsinkida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026