Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei o‘zining ilk 8 Gb operativ xotirali smartfonini namoyish qildi
Huawei kompaniyasi bugun Xitoyda yangi Honor flagmanlari qatorini namoyish qildi. Honor 10 GT modeli Huawei'ning 8 Gb operativ xotirali birinchi smartfoni bo‘ldi.
Umuman olganda, bu 2018 yilning aprelida taqdim etilgan Honor 10'ning zamonaviy versiyasi hisoblanadi. Yangi qurilma 8 Gb operativ xotiradan tashqari, shuningdek GPU Turbo grafik tezlashuv texnologiyalariga ham ega bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining va'da berishicha, GPU Turbo smartfonlardagi grafik protsessorning samaradorligini 60 foizga oshiradi va energiya iste'molini 30 foizga pasaytiradi.
Honor 10 GT smartfoni iPhone X uslubidagi ekran dizayni, ikki asosiy kamera, displey ostida barmoq izlari skaneriga ega bo‘ldi.
Smartfon 5,84 dyuymli Full HD+ (2240 x 1080 piksel) displey, 16+24 Mp'li ikki asosiy kamera, 24 Mp'li frontal kamera bilan ta'minlangan. Unda sun'iy intellekt bazasidagi va yuzdan tanish orqali blokdan yechish funksiyalari ham ko‘zda tutilgan.
Qurilma sakkiz yadroli Kirin 970 protsessori asosida 8 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotira bilan ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi - 3400 mAs. Smartfon ikki SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.2 LE, GPS+GLONASS, NFC'ni qo‘llab-quvvatlaydi. USB Type-C porti mavjud. U Android 8.1 Oreo operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Honor 10 GT smartfonining narxi hozircha noma'lum. Sotuvlar 2018 yilning 24 iyulida Xitoyda boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
18:01 / 15.04.2026
O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
22:37 / 29.03.2026