Jahon | 07:12 / 03.07.2018
4152
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya sohillari yaqinida 60 dan ko‘proq muhojir bedarak yo‘qoldi

Foto: REUTERS / Hani Amara

O‘rta yer dengizida Liviya sohillari yaqinida muhojirlar ketayotgan qayiq cho‘kib ketishi oqibatida 60 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Liviya harbiy-dengiz kuchlari vakili ma'lum qilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, cho‘kib ketgan rezina qayiq bortida 104 kishi bo‘lgan. Kamida 63 kishi yo‘qolgan. 

Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 41 kishini qutqarib qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan 3 ta qayiqdan umumiy hisobda 276 kishi qutqarilgan.

Mavzuga oid