14:04 / 03.07.2018
11264

Mashinalar “oldi-berdisi” bilan shug‘ullangan firibgar ko‘pchilikka musibat keltirdi

Illyustrativ foto/autostrada.uz

Buxoroda avtomashina sotib olib berishni va'da qilib, ko‘plab fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi.

Romitan tuman, “Sho‘robod” MFY, Sho‘robod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, Rajabov Ilhom Fayzulloyevich aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida ko‘plab fuqarolarni aldab, ishonchiga kiradi. U Toshkent shahridagi “STAR LEASING” MChJdan 2 yil davomida har oyda 666 AQSh dollaridan to‘lab borish sharti bilan moliyaviy ijara shartnomasi asosida 18.000 AQSh dollariga sotib olgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinani fuqaro Mustafoyev Jo‘rabek Shodi o‘g‘liga o‘ziga tegishli ekanligini yolg‘ondan aytib, u bilan avtomashinani 70 mln so‘mga sotishga kelishib oladi. Shu maqsadda Mustafoyevdan 62 mln so‘m pullarni aldab olib, avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan, ushbu pullarni o‘zining sh

Shaxsiy manfaatlari yo‘liga sarflab, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Bundan tashqari, Rajabov Ilhom Fayzulloyevich o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettiradi. U fuqaro Sadikov Rustamjon Ravshanovichdan 24 oy davomida har oyga  350 AQSh dollaridan to‘lab borish sharti bilan 9.900 AQSh dollariga kelishib “Lasetti” rusumli avtomashina sotib oladi. Mashinani o‘zining tanishi Usmonov Farhod Ravshanovich orqali Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Batosh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Botirov Baxtiyor Xudayorovichga o‘ziga tegishli ekanligini yolg‘ondan aytib, u bilan avtomashinani 65 mln so‘mga sotishga kelishib, B.Botirovdan 38 mln so‘m miqdoridagi pullarni aldab olib, avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Bundan tashqari, Ilhom Rajabov o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Toshkent shahridagi “STAR LEASING” MChJdan 2 yil davomida har oyda 666 AQSh dollaridan to‘lab borish sharti bilan moliyaviy ijara shartnomasi asosida 18.000 AQSh dollariga sotib olgan “Neksiya 3” rusumli avtomashinani fuqaro Azimov Anvar Safarovichga o‘zi rahbarlik qiladigan MChJga tegishli ekanligini yolg‘ondan aytadi va u bilan avtomashinani 9000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullarni aldab olib, avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘liga sarflab yuborgan.

Shuningdek, I.Rajabov Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Abdullayev Abduhakim Abdulazizovichdan 12 oy davomida pulini to‘lab borish sharti bilan 7500 AQSh dollariga “Spark” rusumli avtomashina xarid qiladi. Avvalgi ishlarini takrorlab mashinani G‘ijduvon tumani, “Buktaroy” MFY, Bobog‘ozi qishlog‘ida yashovchi, Ashurov Ne'mat Barotovichning yashash xonadoniga olib boradi va  N.B.Ashurovga avtomashina o‘ziga tegishli ekanligini yolg‘ondan aytib, avtomashinani unga garov sifatida qoldirib, evaziga N.B.Ashurovdan 24 mln so‘m miqdorida qarzga pul olib ketadi. Ammo pullarni qaytarib bermaydi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.Rajabovga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2,3-qismlari bilan qo‘shimcha ayblov e'lon qilinib, “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top