Ştutgart (Baden-Vyurtemberg) markazida, Olgaeck tramvay bekati yaqinidagi piyodalar ötiş joyida maşina bir guruh odamlarni bosib ketdi. Bu haqda 2 may, juma kuni politsiya vakiliga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Öt öçiriş brigadasiga tayangan dpa axborot agentligi ma’lumotlariga köra, kamida sakkiz kişi jarohat olgan, uç nafarining ahvoli oğir. Bir kişi uçun voqea joyida reanimatsiya tadbirlari amalga oşirildi. Keçqurun 46 yoşli ayol oğir tan jarohatlari tufayli şifoxonada vafot etgan.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, töqnaşuv mahalliy vaqt bilan 17:50 (Toşkent vaqti bilan 20:50) da sodir bölgan. Uni Germaniya fuqarosi, qora rangli G-klassdagi "Mercedes" avtomobilining 42 yoşli haydovçisi sodir etgan va u qölga olingan.
Politsiya buni «fojiali yöl-transport hodisasi» deb taxmin qilmoqda. Huquq-tartibot idoralari vakillari ijtimoiy tarmoqlarda: «Hozirça hujum yoki atayin uyuştirilgan akt belgilari yöq» deb yozdi.
Vaziyat yuzasidan tergov davom etmoqda. Bekat yaqinida harakat töxtatildi.












