Nigeriya terma jamoasi sardori Obi Mikelning o‘g‘irlab ketilgan otasi ozod etildi
Futbol bo‘yicha Nigeriya terma jamoasi sardori Jon Obi Mikelning avvalroq o‘g‘irlab ketilgan otasi maxsus amaliyot davomida politsiya xodimlari tomonidan ozod etildi. Bu haqda ESPN telekanali xabar berdi.
Jinoyatchilar Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Nigeriya-Argentina o‘yinidan 4 soat oldin futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, uning otasi Pa Maykl Obi haydovchisi bilan birga garovga olinganini ma'lum qilib, ularning ozod etilishlariga 10 mln Nigeriya nayri (28 ming dollar) miqdorida pul talab qilishgan.
“Men esankirab qolgandim va nima qilishni bilmasdim. Ular agar bu haqda hukumatga xabar bersam yoki u-bu kimga aytsam darhol otamni otib tashlashlari bilan qo‘rqitishdi. Aynan shu sababli buni murabbiy bilan muhokama qilmadim. Bundan tashqari, bu masala muhim o‘yin oldidan jamoa uchun chalg‘ituvchi omil bo‘lishini istamadim. Men 180 mln nigeriyalikni tashvishga qo‘ya olmasdim”, deb aytgan Mikel.
3 iyulda Enugu shtati politsiyasi vakili Ebere Amarayzu garovda ushlab turilganlar ozod etilganlarini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, amaliyot vaqtida politsiya va jinoyatchilar o‘rtasida otishma chiqqan va jinoyatchilar asirlarni tashlab qochib ketishgan.
Ta'kidlanishicha, Mikelning otasi jinoyatchilar tomonidan qiynoqqa solingan. U ozod etilishi bilan shifoxonaga yetkazilgan va tegishli yordam olgan.
Mikelning otasi ikkinchi marta o‘g‘irlab ketilmoqda. Birinchi marta u 2011 yilda o‘g‘irlab ketilgan. O‘shanda futbolchining otasi 10 kundan keyin qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
15:12 / 26.10.2024
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
14:10 / 26.10.2024
Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
08:00 / 16.09.2024