Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik maktab o‘quvchisi yagona davlat imtihonida eng maksimal ball to‘pladi
Rossiya ta'lim nazorati xizmati boshlig‘i Sergey Kravtsov yagona davlat imtihoni (YeGE) natijalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda moskvalik o‘quvchi to‘rtta fanning har biridan 100 baldan to‘plaganini ma'lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
«Moskvada har bir fandan 100 ball to‘plagan o‘quvchi paydo bo‘ldi. U biologiya, kimyo, matematika va rus tili fanlaridan yagona davlat imtihoni topshirdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q», — dedi Kravtsov.
Ruslan Salimgareyev ismli bu o‘quvchi o‘qigan 179-maktab direktorining aytishicha, u o‘nta maqtov yorlig‘i olgan, astronomiya, matematika, fizika va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadalar g‘olibi hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Rossiyada YaDIning asosiy bosqichi may oyi oxirida boshlangandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026