Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple’ning ovozli yordamchisi Britaniya mudofaa vazirining gapini bo‘ldi (video)
Siri ovozli yordamchisi Britaniya parlamentidagi yig‘ilish vaqtida mudofaa vaziri Gevin Uilyamson “Suriya” so‘zini aytganda ishga tushib ketib, vazirning gapini bo‘ldi.
Voqea Uilyamson terrorchilikka qarshi kurash haqida gapirib, “Suriya” so‘zini tilga olganda yuz bergan.
“Mana “Suriya” bo‘yicha internetda nima topdim. Suriya demokratik armiyasi”, deb darhol munosabat bildirgan vazirning smartfonidagi dastur.
Ko‘rinishicha, vazirning “Salom, Siri” funksiyasi ishchi holatda bo‘lgan. U tayanch so‘z esga olinganda ishga tushib ketgan.
Uilyamson kulib, odamning telefoni kamdan-kam holatda uning gapini bo‘lishini aytgan. So‘ngra telefonini cho‘ntagiga solib, zalda kulgu to‘xtagach, nutqini davom ettirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatga turlicha munosabat bildirilgan. “Siri bayonotni o‘zi tugatsa yaxshi bo‘lardi”, deb yozgan bir foydalanuvchi. “Siri’ning gaplarida ko‘proq ma'no, asos va yetuklik bo‘ldi”, deb kinoya qilgan yana bir foydalanuvchi.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:30 / 10.06.2026