Jahon | 08:23 / 04.07.2018
9529
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Tojikistonni rivojlantirishning asosiy ustuvor maqsadlarini belgilab berdi

Foto: Asia-Plus

Tojikiston prezidenti huzuridagi rivojlanish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida mamlakatni 2030 yilgacha rivojlantirish milliy strategiyasi va mamlakatni 2016-2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli dastur maqsadlarining amalga oshirilishi borishining oraliq natijalari bo‘yicha hisobot taqdim qilindi.  

Yig‘ilishda mamlakat rahbari Imomali Rahmon mamlakatni uzoq muddatli rivojlantirishning bosh ustuvor maqsadlari ta'lim, sog‘liqni saqlash, ish bilan ta'minlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, energetik mustaqillik, korrupsiya holatlariga qarshi kurash, samarali boshqaruv, ekologiyani asrash va demografik jarayonlarni boshqarish sohalaridagi masalalarni qamrab olishini ta'kidlab o‘tgan. 

Prezident aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni Tojikistonni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturining oliy maqsadi hisoblanishini aytgan. Rahmon o‘z nutqida mamlakatda kambag‘allik darajasi pasayganini qayd qilib o‘tgan.

Rahmonning aytishicha, 2017 yilda kambag‘allik darajasi 29,7 foizni tashkil qilgan va 2015 yilga nisbatan 1,3 foizga pasaygan.  

Rahmonning ta'kidlashicha, bunday ijobiy ko‘rsatkichlar mamlakatdagi demografik vaziyatni yaxshilashga ko‘mak bergan: natijada mamlakat aholisining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 73,5 yoshga yetgan (ayollar o‘rtasida 71,9 yosh, erkaklar o‘rtasida 75,7 yosh).

Foto: Asia-Plus

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid