Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Annaqulov Baxytbay Qidirbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
B.Annaqulov bundan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi urug‘chilikni rivojlantirish markazi boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Ungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrokimyo stansiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘linib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgan edi. Suv xo‘jaligi vaziri sifatida avval Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari havzasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Jalg‘as Uzaqov faoliyat yuritib kelmoqda.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
20:53 / 15.05.2026