Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda quriladigan Hi-Tech City’ning nomi o‘zgardi
Toshkentda quriladigan Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz Hi-Tech City nomi o‘zgardi. Endilikda markaz Delta City deb nomlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 iyuldagi qarorida aytilgan.
Markaz Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari bilan chegaralanadigan hamda “O‘zekspomarkaz”, Xalqaro biznes-markaz va “Interservis” yer maydonlarini qamrab oluvchi hududda barpo etilmoqchi.
Qarorga ko‘ra, markaz rahbariyati va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘lg‘usi markaz hududida buziladigan turar joy, noturar joy binolari va inshootlarining inventarizatsiyasini o‘tkazishgan va bu hududda yashovchi oilalar ro‘yxatini tuzishgan.
Toshkent hokimiyatiga oilalar, korxonalar, tashkilot va muassasalarni ko‘chirish, bino va inshootlarni buzish va jismoniy hamda yuridik shaxslarga yetkazilgan ziyonni sarmoyachilar hisobiga qoplash bo‘yicha choralarni ko‘rish ishlarini tashkillashtirish vazifasi topshirilgan.
Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniyasi bilan amalga oshirilajak loyiha qiymati 1,4 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026