Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh novatorlar Germaniya poytaxtida anjuman o‘tkazishadi
2018 yil 13 oktabrda O‘zbekiston Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasida «Xorijiy innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar hamda ularni O‘zbekistonda tadbiq qilish istiqbollari» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimizda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etishda Yevropadagi o‘zbek novatorlari ishtirokini ta'minlash va ular o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.
Tadbir xorijdagi o‘zbek vatandoshlar tomonidan turli xil yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan yo chiqilayotgan innovatsion g‘oyalar, nou-hau, ishlanmalar va yangi texnologik loyihalar bilan yaqindan tanishish hamda ushbu loyihalarni O‘zbekistonda amalga oshirishning ma'muriy, qonuniy asoslari va moliyalashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro anjumanda Germaniya va Yevropaning bir qator davlatlarida ta'lim olayotgan va ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh olimlarimiz va tadqiqotchilarimiz, xorij kompaniyalari va tashkilotlarida har xil sohalarda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod o‘zbekistonlik mutaxassisning ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, tadbirga Germaniyaning yetakchi biznes oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, nemis innovatsion korxonalar va «start-ap»lar rahbarlari hamda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralaridan vakillar, mahalliy investorlar va tadbirkorlar taklif etiladi.

Qatnashchilar o‘z innovatsion loyihalarini mavzular bo‘yicha taqsimlangan ishchi seksiyalarda taqdim etishadi. Tadbir yakunida eng yaxshi loyihalar tashkilotchilar tomonidan tanlab olinib, to‘plam sifatida chop etiladi hamda vazirlik va tashkilotlar e'tiboriga havola qilinadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi va «Nihol» O‘zbek-Olmon ilmiy-madaniy jamiyati tomonidan tashkil etilmoqda. Anjumanning hamkorlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsulligi, Xalqaro Press klub, «Yoshlar» teleradiokanali va «Yosh Kuch» jurnalidir.
Anjuman haqida batafsil ma'lumotlarni www.nihol.org saytidan bilib olish mumkin.
Aloqa uchun:
Mavzuga oid
09:10 / 24.04.2026
Rizo Pahlaviy Berlinda hujumga uchradi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026