Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aldangan va ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilar uyga qaytmoqda
Avtobus buzilib qolishi bilan, ko‘cha yoqasida qolgan o‘zbekistonliklar uyga qaytmoqda. Bu haqda Tashki ishlar vazirligi rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
3 iyul kuni Kun.uz tahririyatiga murojaat qilgan shaxs Moskvadan taxminan 600 km uzoqlikdagi (Penza shahriga yaqin) manzilda o‘zbekistonliklar bilan to‘la avtobus ishdan chiqib, barcha yo‘lovchilar sarosimada qolgani haqida xabar bergandi.
Tahririyatga yo‘llangan video murojaatnomada aytilishicha, ularni o‘zbek vatandoshlar aldab, qo‘rqitish yo‘li bilan pullarini olib qo‘ygan.
«Voqeadan xabar topgan Tashqi ishlar vazirligining vakillari, xususan Moskvadagi elchixona xodimlari Penza shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan bog‘landi. Shuningdek, yo‘lovchilarni O‘zbekistonga yetib olishi uchun ko‘mak ko‘rsatdi», deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan vazirlik vakili.
Mavzuga oid:
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026