22:54 / 05.07.2018
17159

Putin Qozog‘iston poytaxtining Ostonaga ko‘chirilishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaning rivojlanishi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi va o‘z ona shahri Peterburgni Ostona bilan qiyosladi.

Putinning Qozog‘iston prezidenti teleradiomajmuasi rahbari Yerlan Bekxojinga intervyusida aytishicha, u Ostona mustaqil Qozog‘istonning poytaxti sifatida shakllanishining ilk yillaridanoq uning rivojlanishi guvohi bo‘lgan.

“Dastlab kichik, juda kamtar, sovet shaharchasi degan gaplar bo‘lgan. Biroq Ostona bilan oxirgi 20 yil ichida yuz bergan narsa mo‘'jiza bo‘lmasa, unda nafaqat Qozog‘iston, balki butun mintaqadagi yorqin hodisadir. Chunki Ostona haqiqatan mustaqil, suveren davlat poytaxtiga aylana oldi. Unda zamonaviy arxitektura va milliy turfalik uyg‘unlashgan. Bu birinchisi. Ikkinchisi esa – unda barchasi reja bo‘yicha rivojlanmoqda”, deb aytgan Putin. 

“Peterburg ham Pyotr Birinchi vaqtida taxminan shunday rivojlangan. Chunki shaharni unda barcha narsa bo‘ladigan va shu bilan birga chiroyli va oqilona qilib rivojlantirish imkoni bor. Shu sababli bunday shahar va poytaxtning rivojlantirilishini Qozog‘istonning katta yutug‘i deb hisoblayman”, deb aytgan Putin.

Putinning fikricha, Qozog‘iston poytaxtining Ostonaga ko‘chirilish o‘z vaqtida to‘g‘ri, pishiq o‘ylangan va samarali amalga oshirilgan qaror bo‘lgan va bunday qarorning qabul qilinishi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani nima uchun Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ekanligini tushuntiradi.  

Putinning ta'kidlashicha, poytaxtning bir shahardan ikkinchi shaharga ko‘chirilishi ko‘plab davlatlarda amalga oshirilgan. Bu jarayon katta mablag‘ talab qilsa-da, Ostonaning keyingi rivojlanishi bu qaror to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatgan.

Qozog‘istonda 6 iyul Poytaxt kuni sifatida nishonlanadi. Qozog‘iston 1998 yilda o‘z poytaxtini Olmaotadan Oqmolaga (sobiq Tselinograd) ko‘chirgan. Oqmola keyinroq Ostona deb qayta nomlangan. 

Mavzuga oid
Top