Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo‘nalishda mamlakat sha'nini himoya qiladi
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro armiya o‘yinlari—2018”ning 13 ta yo‘nalishida ishtirok etadi.
Mamlakatimiz harbiy xizmatchilari “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Elbrus halqasi” (Rossiya Kabardino-Balkariya), “Sodiq do‘st” (Rossiya, Moskva), “Yo‘l patruli” (Rossiya, Moskva viloyati), “Merganlik marrasi” (Belarus respublikasi), “Xavfsiz marshrut” (Xitoy, Korla shahri), “Artilleriya ustasi” (Qozog‘iston), “Qurolsoz usta” (Rossiya, Penza shahri), “Musaffo osmon” (Xitoy, Korla shahri), “Harbiy ralli” (Rossiya, Tyva viloyati), “Harbiy-tibbiy estafeta” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Dala oshxonasi” (Rossiya, Moskva viloyati), “Hamdo‘stlik jangchisi” (Armaniston) kabi yo‘nalishlarda qatnashadi.
O‘tgan yilning 29 iyulidan 12 avgustiga qadar o‘tkazilgan “ArMI—2017” Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgandi.
Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O‘zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o‘yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026