Jahon | 17:40 / 07.07.2018
12953
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada suv toshqinlari ortidan zilzila ro‘y berdi

Foto: RT

7 iyul kuni Yaponiyada kuchli zilzila kuzatildi.

Mahalliy meteorologlar xabariga ko‘ra, sharqiy qirg‘oqlar yaqinida 6 balli zilzila qayd etilgan. 

Zilzila epimarkazi Tiba prefekturasida, o‘chog‘i 50 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Hozircha sunami xavfi e'lon qilinmadi.

Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Mamlakatda keyingi kunlarda kuchli yomg‘irlar ortidan kuchli suv toshqinlari yuzaga keldi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 50 nafarni tashkil qilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid